AKSIYA – «Professional sizning oshxonangizda!» - Baraka Market - сеть розничных магазинов товаров народного потребления
Baraka Market - сеть розничных магазинов товаров народного потребления

Колл-центр

1247

AKSIYA – «Professional sizning oshxonangizda!»


Aksiya haqida qisqacha ma’lumot va qoidalar:


Baraka Market tarmoqlarida xaridlar uchun stikerlar to‘plang va Kalitva professional seriyali tovalarini 75% gacha chegirma bilan qo‘lga kiriting.


 


 1. 2024-yil 28-oktabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha Baraka Market do‘konlarida 50 000 so‘m va undan yuqori miqdordagi xaridlarni amalga oshiring.


 


 2. Xaridingiz uchun kassadan har 50 000 so‘mga bitta maxsus promo-stiker oling. Masalan, 187 000 so‘mlik chek uchun 3 ta stiker beriladi. 50 000 so‘mdan ortiq xarid qilsangiz, chekda TM MILTER mahsuloti bo‘lsa, qo‘shimcha bitta stiker qo‘lga kiriting.


 


 3. 20 ta stiker to‘plang va ularni maxsus bukletga joylang (bukletni kassadan bepul olishingiz mumkin).


 


 4. Bukletni kassada ko‘rsating va Kalitva tovalaridan birini 75% gacha chegirma bilan xarid qiling.


 


 


AKSIYA SHARTLARI:


 • Har bir chekdagi har 50 000 so‘m uchun kassirdan bitta promo-stiker va stikerlarni yopishtirish uchun buklet oling.


 • Stikerlar chekdagi yakuniy summaga ko‘ra (berilgan chegirmalar va promo-takliflar hisobga olingan holda) taqdim etiladi.


 • TM MILTER mahsulotini xarid qilganingizda qo‘shimcha stikerlarga ega bo‘ling (bunda umumiy chek summasi kamida 50 000 so‘m bo‘lishi kerak).


 • Yig‘ilgan stikerlarni bukletdagi maxsus joyga yopishtiring.


 • Kassada buklet va aksiyada ishtirok etuvchi tovarlarni ko‘rsating.


 • Aksiya tovarini xarid qilganingizda buklet kassirda qoladi, va stikerlar qaytarilmaydi.


 • Stikerlar (bukletlar) va aksiyadagi tovarlarni berish muddati: 28.10.2024 dan 31.12.2024 gacha “Baraka Market” do‘konlarida.


 • Agar stikerlar, bukletlar yoki aksiyadagi tovarlar limiti tugasa, tashkilotchi aksiyani muddatidan oldin tugatish huquqiga ega. Aksiyada ishtirok etuvchi tovarlarning mavjudligini do‘konlardan aniqlashtiring. Tashkilotchilar tovarlarning doimiy mavjudligini kafolatlamaydi.


 • Chegirma har bir tovar birligiga nisbatan qo‘llaniladi.


 • Savdo zalidagi maxsus stenddan tovarlarni tanlang.


 


DIQQAT!


Аксiyada ishtirok etuvchi mahsulotlarni to‘liq chakana narxda har qanday vaqtda, xaridorning stikerlari bor-yo‘qligidan qat’i nazar sotib olish mumkin.


Buklet va stikerlarning nusxalari qabul qilinmaydi, shuningdek, o‘zgartirilgan, shikastlangan yoki qayta yopishtirilgan buklet va stikerlar ham qabul qilinmaydi.


Chegirma o‘rniga pul kompensatsiyasi berilmaydi.


Turli bukletlarda yig‘ilgan stikerlar qo‘shilmaydi.


Stikerlarni faqat xarid uchun to‘lov qilganda olish mumkin. Xariddan oldin stikerlarni kassirdan so‘rashni unutmang.


 


Reklama materiallaridagi tasvir reklama mahsulotlarini sotuvda taqdim etilgan ko'rinishdan farq qilishi mumkin.


 


Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi ushbu qoidalar va aksiyaning barcha shartlariga roziligini tasdiqlaydi.


 


Aksiya tashkilotchisi, aksiya o‘tkazish qoidalari, shartlari, joyi va tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni www.barakamarket.uz saytidan olishingiz mumkin.


Mahsulotlar soni cheklangan.


 


Mahsulotda yashirin nuqsonlar aniqlangan taqdirda, mahsulot xarid qilingan do'konga murojaat qilishingizni tavsiya qilamiz. Mahsulotlarni almashtirish yoki Xaridorga pul mablag'larini qaytarish ("Iste'molchilarning huquqlarini himoya qilish to'g'risida" gi qonun asosida) mahsulotlarni ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi tekshirilgandan so'ng amalga oshiriladi.


 


Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlar:


 


Scovo «Consul» tovasi, d240 – 600 dona


Scovo «Consul» tovasi, d280 – 904 dona


Kalitva «Dream» tovasi, 260 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama – 3072 dona


Kalitva «Professional» tovasi, 220 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama – 360 dona


Kalitva «Professional» tovasi, 240 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama – 320 dona


Kalitva «Professional» tovasi, 260 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama – 592 dona


 


Tashkilotchi sovrinlar sonini oshirish huquqiga ega, bu haqda barakamarket.uz saytida xabar beriladi.


 


Aksiya qoidalari


1. Aksiya muddati:


Aksiyaning umumiy muddati, shu jumladan promo-stikerlarni berish va tovarlarni chegirma bilan sotish davri: 2024-yil 4-noyabrdan 2024-yil 31-dekabrgacha (shu kuni ham kiritilgan).


Aksiya muddati tugaganidan so‘ng stikerlar tarqatilmaydi.


Aksiya muddati tugagach, maxsus chegirmali tovarlar sotilmaydi.


Tashkilotchi bu haqda https://barakamarket.uz/ saytida majburiy ravishda xabardor qilgan holda Aksiya muddatini oshirish yoki qisqartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.


 


2. Aksiya o'tkaziladigan joylar.


 


Aksiyada "Baraka Market" savdo belgisi ostidagi barcha savdo do`konlari ishtirok etadi. Barcha savdo do`konlarining toʻliq roʻyxati bilan https://barakamarket.uz/magazini sahifasida tanishishingiz mumkin


 


3. Aksiya va Tashkilotchi haqida ma'lumot.


 


1.1. «Professional sizning oshxonangizda!»


Baraka Market tarmog‘ida xaridlar uchun stikerlarni to‘plang va Kalitva ning «Professional» seriyali tovalariga 75% gacha chegirma qo‘lga kiriting.


 


3.2. Aksiya rag'batlantiruvchi lotereya emas, unda ishtirok etish Ishtirokchilar tomonidan to'lovlarni to'lash bilan bog'liq emas va xavfga asoslanmagan.


 


3.3. Aksiyaning tashkilotchisi:


YATT «URBAN RETAIL» MChJ,


Manzil: Toshkent, Yakkasaroy tumani, Bobur ko‘chasi, 74-uy, 100022,


MFO: 01095, INN: 307 575 237,


OKED: 47110, QQS RKP: 326040116562,


Ishonch telefoni: +998 71 200 12 47.


 


4. Ishtirok etish shartlari.


 


4.1. Har qanday voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi Aksiya Ishtirokchisi bo‘lishi mumkin. Voyaga yetmagan ishtirokchilarning Aksiyada ishtirok etishi ularning qonuniy vakillarining roziligi va nazorati ostida mumkin.


 


4.2. Aksiyada ishtirok etish uchun siz:


 


4.2.1. Aksiya o‘tkazilish davrida Baraka Market do‘konlari tarmog‘ida har qanday tovarlarni 50 000 so‘m yoki undan ortiq miqdorda xarid qilish.


 


4.2.2. Do‘kon kassasidan stikerlarni yopishtirish uchun bepul buklet olish.


 


4.2.3. Xarid chekini rasmiylashtirish paytida har to‘liq 50 000 so‘m uchun 1 ta promo-stiker olish.


 


4.2.4. Xarid chekini rasmiylashtirish paytida chekdagi barcha TM MILTER mahsuloti uchun qo‘shimcha 1 ta promo-stiker olish. Bunda umumiy chek summasi 50 000 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.


 


4.2.6. Bukletga 20 ta stiker yig‘ib, aksiyaning amal qilish davrida do‘kon kassasida taqdim etish va Baraka Market do‘kon tarmog‘ida taqdim etilgan skovorodkalar assortimentiga chegirma olish.


 


4.2.7. Har bir aksiya ishtirokchisi aksiyada uning yakuniga qadar cheklovsiz ishtirok etishi mumkin.


4.2.8. Aksiyada Tashkilotchi Kompaniya xodimlari hamda aksiyani o‘tkazishda ishtirok etuvchi boshqa kompaniyalar xodimlari va ularning oila a’zolari qatnasha olmaydi.


4.3. Aksiyada ishtirok etish orqali ishtirokchi ushbu Qoidalarga roziligini tasdiqlaydi.


 


4.4. Tashkilotchi barakamarket.uz saytida majburiy e'lon qilingan holda ushbu Qoidalarga o'zgartirishlar kiritish huquqini o'zida saqlab qoladi.


 


4.5. Ishtirokchi ushbu Qoidalarni buzgan taqdirda  fishkalarni boshqacha tarzda (ushbu qoidalarda ko'rsatilmagan) qo'lga kiritsa, reklama stikerlarini (fishkalarini) qalbakilashtirsa yoki ushbu Qoidalarga zid bo'lgan boshqa buzg'unchi harakatlarni amalga oshirsa, Tashkilotchi aksiyada ishtirok etishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.


 


 


5. Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulotlar.


 


5.1. Aksiyada ishtirok etuvchi mahsulot soni 5848 dona:


 


Товар в Акции

Количество, шт

Scovo «Consul» tovasi, d240

600

Scovo «Consul» tovasi, d280

904

Kalitva «Dream» tovasi, 260 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

3072

Kalitva «Professional» tovasi, 220 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

360

Kalitva «Professional» tovasi, 240 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

320

Kalitva «Professional» tovasi, 260 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

592


 


5.2. Chegirma evaziga naqd pul miqdori to'lanmaydi.


 


5.3. Reklama vositalaridagi aksiya mahsuloti tasviri haqiqiysidan farq qilishi va Ishtirokchilarning kutganlariga javob bermasligi mumkin.


 


5.4. Tashkilotchi barakamarkt.uz saytida ushbu o'zgarishlar to'g'risida majburiy xabar bergan holda aksiya mahsulotlari tanlovini kengaytirish, to'ldirish yoki o'zgartirish huquqini o'zida saqlab qoladi.


 


6. Aksiyaviy mahsulotlarini chegirma bilan olish tartibi.


 


6.1. Chegirmaga ega bo`lish (aksiya shartlariga ko'ra) "Baraka Market" savdo belgisi ostidagi istalgan do'konda ("URBAN RETAIL" MChJ XK) mumkin.


 


6.2. Chegirmaga ega bo`lish uchun ishtirokchi maxsus bukletda to‘plangan reklama stikerlarini kerakli miqdorda do‘kon kassasida ko‘rsatishi kerak.


 


6.3. Aksiyaga kiritilgan har bir tovar uchun chegirma miqdori quyidagi jadvalga muvofiq belgilanadi:


 


Aksion tovar nomi

Tovarning odatdagi narxi (aksiyada ishtirok etmasdan)

Chegirmaga ega bo‘lish uchun zarur bo‘lgan stikerlar soni

Stikerlarni taqdim etganda odatdagi narxdan chegirma foizi

Stikerlarni taqdim etganda aksion tovarning narxi

Scovo «Consul» tovasi, d240

199 900

20

62,5%

74 900

Scovo «Consul» tovasi, d280

229 900

20

63%

84 900

Kalitva «Dream» tovasi, 260 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

219 900

20

61,4

84 900

Kalitva «Professional» tovasi, 220 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

159 900

20

75%

39 900

Kalitva «Professional» tovasi, 240 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

179 900

20

61,3%

69 900

Kalitva «Professional» tovasi, 260 mm, 1 tutqich, qopqoqsiz, yopishmaydigan qoplama

219 900

20

61,4%

84 900


 


6.4. Agar ishtirokchi ushbu Qoidalarda nazarda tutilgan barcha talab va shartlarga rioya qilmasa, Tashkilotchi ishtirokchiga chegirma berishni rad etish huquqini o'zida saqlab qoladi.


 


6.5. Tashkilotchi quyidagilarga  javobgar emas:


 


6.5.1. Ishtirokchilarning o'z aybi yoki Tashkilotchiga bog'liq bo'lmagan boshqa sabablarga ko'ra chegirmaga ega bo`lish uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarni olmagan yoki kechikib olganligiga;


 


6.5.2. Aksiya ishtirokchisi chegirmaga ega bo`lish tartibida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganligi (o'z vaqtida bajarmaganligi) uchun;


 


6.5.3. Aksiya ishtirokchilari chegirmani olmaganligi uchun, agar ishtirokchi aksiyaning belgilangan muddati davomida undan foydalanmagan bo‘lsa yoki undan voz kechgan holatlarda;


 


6.6. Aksiyada ishtirok etish orqali Ishtirokchilar o'zlari ixtiyoriy ravishda taqdim etgan har qanday ma'lumot, shu jumladan aksiya mahsulotini olish vaqtida olingan fotosuratlar Tashkilotchi tomonidan, shu jumladan reklama maqsadlarida, Ishtirokchilarning qo'shimcha roziligisiz va to'lovsiz foydalanishi mumkinligiga rozilik bildiradilar